Sun’iy intellekt va ta’lim sohasida xalqaro hamkorlik mustahkamlanmoqda
Kimyo International University in Tashkentda universitet rektori Akmal Allakuliev, Stanford University Graduate School of Education sobiq Associate Dean va Chief Technology Officer’i, PhD darajasiga ega xalqaro AI va EdTech eksperti Dr. Paul Kim hamda Swiss Institute of Technology and Entrepreneurship vakillari o‘rtasida yuqori darajadagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida KIUT va xalqaro hamkorlar o‘rtasida innovatsion ta’lim texnologiyalari hamda zamonaviy o‘qitish metodologiyalarini universitet ta’lim tizimiga joriy etish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Asosiy mavzulardan biri Dr. Paul Kim tomonidan ishlab chiqilgan SMILE metodologiyasini joriy etish, shuningdek, sun’iy intellekt va EdTech platformalarini ta’lim jarayoniga integratsiya qilish orqali o‘qitish, tadbirkorlik va boshqaruvning zamonaviy modellari samaradorligini oshirish masalalari bo‘ldi.
Dr. Paul Kim sun’iy intellektning biznes va ta’limdagi transformatsion o‘rni haqida o‘zining qimmatli fikr va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
Mazkur uchrashuv KIUT uchun xalqaro akademik innovatsiyalar, raqamli transformatsiya va global hamkorlik yo‘lidagi yana bir muhim qadam bo‘ldi.
Innovatsiyalar orqali ta’lim kelajagini birgalikda yaratamiz.
#KIUT #ArtificialIntelligence #EdTech #Innovation #InternationalCollaboration #HigherEducation #PaulKim #SMILEMethodology #DigitalTransformation #EducationInnovation