Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
Toshkent Kimyo xalqaro universitetida bilimli, tashabbuskor va faol talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ta’lim grantlari hamda nomdor stipendiyalar tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu imkoniyatlar talabalarning akademik yutuqlari, ilmiy faoliyati, liderlik qobiliyati va universitet hayotidagi faolligini rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
Ta’lim granti
Universitetda tahsil olayotgan talabalar ta’lim grantiga nomzod sifatida hujjat topshirishlari mumkin. Grant universitetning eng iqtidorli va faol talabalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, nomzodlar bir qator mezonlar asosida baholanadi.
Ta’lim grantiga qo‘yiladigan talablar
Universitetning ta’lim grantini qo‘lga kiritish istagidagi talabalar quyidagi mezonlarga javob berishlari lozim:
Universitetda quyidagi nufuzli nomdor stipendiyalar ta’sis etilgan:
Mazkur stipendiyalar bakalavriat va magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, stipendiya sohiblariga 100 foizlik stipendiya taqdim etiladi.
Nomdor stipendiyaga qo‘yiladigan talablar
Nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:
Tanlov jarayoni
Nomdor stipendiyalar uchun tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi:
1-bosqich – hujjatlar qabuli va saralash
Nomzodlarning akademik natijalari, yutuqlari va faolligi baholanadi.
2-bosqich – imtihon
Saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha sinov topshiradilar:
Yakuniy natijalarga ko‘ra stipendiya sohiblari aniqlanadi.
Nomdor stipendiyaning afzalliklari
Nomdor stipendiyalar nafaqat moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, balki talabaning kelajakdagi professional faoliyati uchun ham muhim imkoniyatlarni yaratadi.
Stipendiya sohiblari:
2026-yildan boshlab har bir bakalavriat yo‘nalishi uchun 10 ta grant
2026/2027-o‘quv yilidan boshlab Toshkent Kimyo xalqaro universiteti abiturientlar uchun yangi grant dasturini joriy etmoqda.
Mazkur dasturga ko‘ra, universitetdagi har bir bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 10 tadan grant o‘rni ajratiladi.
Grantlar kirish imtihonlarida eng yuqori natija ko‘rsatgan abiturientlarga taqdim etiladi. Bu esa iqtidorli yoshlar uchun grant asosida tahsil olish va sifatli oliy ta’limga ega bo‘lish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti bundan buyon ham iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy va kasbiy salohiyatini rivojlantirish hamda raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan dasturlarni kengaytirishda davom etadi.
Kalit so‘zlar: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti granti, KIUT grant, universitet granti, ta’lim granti, grant asosida o‘qish, grant 2026, abiturientlar uchun grant, nomdor stipendiya, Janpo‘lat Kudaybergenov stipendiyasi, Ahmadjon O‘lmasov stipendiyasi, Murod Sharifhadjayev stipendiyasi, bakalavriat granti, magistratura stipendiyasi, O‘zbekistondagi grantlar, IELTS sertifikati bilan grant, TOPIK sertifikati bilan grant.