• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • ID kartani tiklash
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
  • facebook icon
  • telegram icon
  • linkedin icon
  • youtube icon
  • instagram icon
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
  • Universitet arrow icon

    Universitet

    • Biz haqimizda
    • Rektorning kutib olish nutqi
    • Missiyamiz
    • Bizning jamoamiz
    • Ichki fayllar
    • Ichki qoidalar
    • Vazirlar Mahkamasining qarori
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Rektorga murojaat
    • Erasmus
    • KIUT Shop
    • Talabalar uyushmasi
    • Kafedralar
    • Bo'limlar
  • Dasturlar arrow icon

    Dasturlar

    • Bakalavr dasturlari
    • Magistratura dasturlari
    • Kechki ta'lim
    • Sirtqi ta'lim
    • Oʻqishni koʻchirish
    • Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • Bepul onlayn kurslar
    • Muhandislik maktabi
    • Biznes va moliya maktabi
    • Taʼlim maktabi
    • Sanʼat maktabi
    • Tibbiyot maktabi
  • Qabul arrow icon

    Qabul

    • Magistratura
    • Qoʻshma magistratura dasturi Malayziya
    • Xalqaro talabalar
    • Koreyada taʼlim
    • Koʻp beriladigan savollar
    • Qabul Toshkent shahri
    • Qabul Namangan shahri
    • Qabul Samarqand shahri
    • MBA AlmaU
    • Yozgi maktab
  • Tadqiqot arrow icon

    Tadqiqot

    • Ilmiy Kengash
    • Maxsus va malakaviy imtihonlar
    • Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash
    • Axborot - resurs markazi
    • Innovatsion markaz
    • Ilmiy boʻlim
    • Konferentsiyalar to'plami
    • Ilmiy jurnallar
    • Ilmiy maqolalar
  • Filiallar arrow icon

    Filiallar

    • Namangan
    • Samarqand
  • Yangiliklar
  • en
  • ru

Talabalar uyushmasi

  1. Bosh Sahifa
  2. Universitet
  3. Talabalar uyushmasi

KIUT Volunteers talabalar volontyorlik tashkiloti

KIUT Volunteers — Toshkent Kimyo xalqaro universitetining talabalar volontyorlik tashkiloti bo‘lib, volontyorlik faoliyati, ijtimoiy tashabbuslar va jamiyat uchun muhim loyihalar orqali jamiyat rivojiga hissa qo‘shishni istagan talabalarni birlashtiradi.

Tashkilot talabalarda volontyorlik madaniyati, ijtimoiy mas’uliyat, fuqarolik faolligi va liderlik sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi hamda ularning shaxsiy va kasbiy rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratadi.

Asosiy faoliyat yo‘nalishlari

  • Tibbiy volontyorlik va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish;
  • Ijtimoiy va xayriya tashabbuslari;
  • Ekologik loyihalar va barqaror rivojlanish yo‘nalishidagi faoliyat;
  • Ta’lim dasturlari, treninglar, seminarlar va ma’rifiy tadbirlar;
  • Universitet va jamoatchilik tadbirlarini volontyorlik asosida qo‘llab-quvvatlash;
  • Axborot-ma’rifiy kampaniyalar;
  • Talabalar tashabbuslari va ijtimoiy loyihalarini qo‘llab-quvvatlash.

Talabalar uchun imkoniyatlar

KIUT Volunteers a’zolari quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar:

  • Universitet, respublika va xalqaro miqyosdagi volontyorlik loyihalarida ishtirok etish;
  • Liderlik, jamoada ishlash, kommunikatsiya va loyiha boshqaruvi ko‘nikmalarini rivojlantirish;
  • O‘z ijtimoiy tashabbuslarini ilgari surish va amalga oshirish;
  • Davlat, jamoat va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikdagi loyihalarda qatnashish;
  • Kasbiy va shaxsiy rivojlanishga xizmat qiluvchi amaliy tajriba orttirish.

Tashkilot qadriyatlari

KIUT Volunteers o‘z faoliyatida ijtimoiy mas’uliyat, insonparvarlik, akademik halollik, inklyuzivlik va o‘zaro hurmat tamoyillariga amal qiladi. Tashkilot universitetning ta’lim, ilmiy va jamoatchilik missiyasini qo‘llab-quvvatlaydi hamda talabalar orasida faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qiladi.

Barqaror rivojlanish va xalqaro hamkorlik

KIUT Volunteers faoliyati ijtimoiy mas’uliyat tamoyillari va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiq amalga oshiriladi. Tashkilot mahalliy va xalqaro hamkorlar bilan ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, xayriya va volontyorlik yo‘nalishlarida loyihalarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Tel.: +998 78 129 40 40 (159)

Bizning jamoa

Makhmudjonov Komiljon Sunnatullo o'g'li
Makhmudjonov Komiljon Sunnatullo o'g'li

Lavozim: Kurator

Berdiyeva Sabriya Sherzodovna
Berdiyeva Sabriya Sherzodovna

Lavozim: Prezident

Abdullayeva Mexriniso
Abdullayeva Mexriniso

Vitse-prezident

+998 94 699 55 45
Shuxratova Ezoza
Shuxratova Ezoza

PR bo‘limi

+998 90 036 38 28
Nig'matullayev Ilyos
Nig'matullayev Ilyos

Koordinator

+998 97 706 09 25
Shavkatov Bosit
Shavkatov Bosit

Koordinator

+998 97 666 56 76
Qodirberganova Kamola Otabek qizi
Qodirberganova Kamola Otabek qizi

Media

+998 88 006 06 39

Talabalar klublari

Universitetda talabalarni intellektual rivojlanishi uchun turli yoʻnalishlar boʻyicha 10 dan ortiq talabalar klublari mavjud. Jumladan, fan va tadqiqot, ijodiy va koʻngilochar klublar, xayriya, madaniy, teatr va sport klublari mavjud.

Talabalar toʻgaraklari talabalarga oʻz gʻoyalarini amalga oshirish va ularni hayotga tatbiq etish uchun sharoit yaratadi.

Talabalar toʻgaraklarida qatnashish koʻplab afzalliklarni beradi: yangi doʻstlar orttirish, yangi koʻnikmalarni rivojlantirish, jamoada ishlash, maqsadlar qoʻyish va ularga erishish qobiliyati, ijodkorlikni rivojlantirish, shuningdek, doʻstlar davrasida mazmunli vaqt oʻtkazish ham shular jumlasidan.

Klub nomlari: “Zakovat” intellektual klubi, “English speaking club”, “Quiz on Korea”, “Muhandis-D”, “IELTS club”, “Qalb-nuri” xayriya jamiyati, “Notiqlik”, “Dance” va “Toʻgʻri ovqatlanish” klublari.

Hurmatli talabalar! Universitetimizning “Koreys filologiyasi” yoʻnalishi dekanati va kafedrasi tomonidan quyidagi toʻgaraklar tashkil qilinmoqda:
 

Raqs toʻgaragi - har dushanba soat 15:00da 108 xonada (A-blok). 
Ustoz - Jung Sun Ae

Koreys adabiyoti toʻgaragi (sheʼriyat boʻyicha) - har chorshanba 9:30 - 10:30
Ustoz - Min Jae Wong

Kitob mutolaasi toʻgaragi - har shanba 10:30 - 12:00 (A 407)
Ustoz - Lee Eun Jung

Qoʻlyozma yozish toʻgaragi - har hafta onlayn topshiriqlar qabul qilinadi va individual koʻrsatmlar beriladi. 
Ustoz - Kim Hyun Dok

Xitoy belgilari toʻgaragi - har chorshanba 16:00 - 17:30 
Ustoz - Lim Byeong Nyeo

Taekvondo toʻgaragi - har juma 16:00
Ustoz - Lho Tae Gun

P.S.: Joylar soni cheklanganligi sababli koreys adabiyotiga qiziqqan va koreys tilini tushunish darajasiga ega, dasturda astoydil ishtirok etish istagi borlar ariza topshirishingizni soʻraymiz. Ayrim toʻgaraklarning xonasini aniqlashtirish, qoʻshimcha maʼlumot va ariza berish uchun 316-xonaga (A-blok) murojaat qiling.

 

KIUT tibbiyot markaziga xush kelibsiz!

Toshkent shahridagi Kimyo xalqaro universiteti (KIUT) tibbiy markazlari talabalar, professor-o‘qituvchilar va xodimlarga har tomonlama tibbiy yordam ko‘rsatishni hamda kampusda sog‘lom muhitni shakllantirishni maqsad qilgan. Universitet hududida malakali shifokor va hamshiralar tomonidan shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatadigan doimiy punktlar quyidagi manzillarda joylashgan:

  • A bino, 2-qavat, 205-xona;

  • B bino, 1-qavat, 107-xona.

Markaz mutaxassislari salomatlikni akademik va shaxsiy muvaffaqiyatning asosi deb hisoblaydilar. Shu sababli, har bir murojaat qiluvchi uchun qulay va ishonchli muhit yaratilgan bo‘lib, u yerda sog‘liq bilan bog‘liq har qanday masalani muhokama qilish mumkin. Tibbiy xizmatlardan tashqari, markaz tomonidan kampusda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi turli ta’lim dasturlari, seminar va mahorat darslari (workshops) muntazam tashkil etiladi. Universitet ma’muriyati o‘z jamoasiga yuqori sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va salomatlik madaniyatini yuksaltirish mas’uliyatini o‘z zimmasiga oladi.

Jismoniy tarbiya va sport

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti “VOSIQ International School and Kindergarten” maktabi hududida joylashgan sport maydonchalaridan foydalanadi. Hozirda talablarimiz basketbol, volleybol va futbol boʻyicha turli musobaqalarda qatnashib, yaxshi koʻrsatkichlar koʻrsatib kelishmoqda. Undan tashqari, shaxmat boʻyicha Rektor kubogi oʻyinlari ham muntazam ravishda tashkil qilinadi. Har yilning bahor oyida “Parus” koʻngilochar maskani bilan hamkorlikda Bowling boʻyicha musobaqalar ham tashkil qilinadi.


Grantlar, moliyaviy koʻmak

Institutning taʼlim grantini qoʻlga kiritish uchun nomzodlar quyidagi talablarni bajarishlari va ularga mos kelishlari kerak:
  • Motivatsion xat;
  • Oʻquv yili davomida barcha fanlar boʻyicha imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtishi/yuqori koʻrsatkichga ega boʻlishi;
  • Oʻquv semestri yakuni boʻyicha fanlardan faqat “aʼlo” baho boʻlishi;
  • Belgilangan oʻquv mashgʻulotlarida doimiy ravishda faol ishtirok etgan holda kamida 2 nafar professor — oʻqituvchining tavsiyanomasiga ega boʻlishi;
  • Mutaxassisligi yoʻnalishi boʻyicha xalqaro va respublika miqyosida ilmiy — amaliy konferensiyalar hamda turli darajadagi tanlovlarda faol qatnashishi va 1-2-3 oʻrinlarni qoʻlga kiritishi;
  • Institut ijtimoiy hayotida boʻlib oʻtadigan turli tadbirlarda faol ishtirok etishi;
  • Davlat tili bilan bir qatorda, kamida bitta xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatga ega boʻlishi (koreys tili – TOPIK – 4, yoki ingliz tili – IELTS – 6.0);
  • Nomzodning shaxsiy xususiyatlari, odobi hamda boshqa afzalliklariga baho beriladi;

3- va 4-bosqich talabalarining taʼlim granti nomzodligida oʻquv yili davomida chop etilgan mahalliy va xorijiy jurnallardagi ilmiy maqolalarga ega boʻlishiga alohida eʼtibor beriladi (shuningdek, qoʻlyozma Scimago tizimida indekslangan jurnalida chop etilsa ustuvorlik beriladi).


Click to link to download - include a link to the PDF!

  • Dars jadvallari
  • Intranet
  • Intranet (Sirtqi taʼlim)
  • Kutubxona
  • E-pochta
  • Talabalar baholari
  • Talabalarning davomati
  • Davomat
  • Shota Rustaveli ko'chasi, 156, 100121 Toshkent
  • +998 78 129 40 40
  • info@kiut.uz

Copyright © 2024 KIUT. All rights reserved

facebook twitter linkedin linkedin instagram