KIUTda lift muhandisligi bo‘yiça yangi ta’lim standartlari işlab çiqildi
Ŏzbekistonda kŏp qavatli binolar qurilişi kengayib borar ekan, lift va eskalator tizimlarini loyihalaş, ŏrnatiş hamda ularga texnik xizmat kŏrsata oladigan malakali muhandislarga ehtiyoj ham ortmoqda. Toşkent Kimyo xalqaro universiteti bu yŏnalişda mutaxassislar tayyorlaşni yŏlga qŏyiş uchun muhim taşabbusni amalga oşirdi.
Universitet tomonidan «Lift Engineering» (Lift muhandisligi) bakalavriat ta’lim yŏnalişi uchun yangi malaka talablari işlab çiqildi. Hujjat Toşkent arxitektura-quriliş universiteti, Jizzax politexnika instituti, «Expert Elevator System» va «Modern Elevator Group» korxonalari, şuningdek, «Sanoat xavfsizligi» davlat muassasasi bilan hamkorlikda tayyorlandi.
Malaka talablarini işlab çiqişda asosiy e’tibor iş beruvçilarning real ehtiyojlariga qaratildi. Çunki zamonaviy lift tizimlari nafaqat mexanik qurilmalardan, balki elektronika, avtomatlaştiriş, raqamli boşqaruv va xavfsizlik texnologiyalaridan ham iborat. Bu esa sohada keng qamrovli muhandislik bilimlariga ega mutaxassislarni talab etadi.
Yangi ta’lim yŏnalişi uchun 240 ECTS kreditli ŏquv reja işlab çiqilgan. Unda nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy maşğulotlar va işlab çiqariş tajribasiga alohida ŏrin ajratilgan. Jumladan, talabalar ŏqişning sakkizinçi semestrida 15 hafta davomida uzluksiz malakaviy amaliyot ŏtaşi kŏzda tutilgan.
Ta’lim dasturining muhim jihati — uni işlab çiqişda lift sanoatida faoliyat yuritayotgan korxonalarning bevosita iştirök etganidir. Bu ŏquv jarayonini işlab çiqariş talablari bilan uyğunlaştiriş, talabalarning amaliy kŏnikmalarini rivojlantiriş va kelajakdagi iş faoliyatiga tayyorlaş imkonini beradi.
Şaharsozlik jadal rivojlanayotgan bir paytda lift tizimlarining işonçliligi, energiya samaradorligi va xavfsizligi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Şu bois mazkur yŏnalişda muhandislar tayyorlaş quriliş sohasi bilan birga sanoat va texnik xizmat kŏrsatiş tarmoqlari uchun ham dolzarbdir.
KIUTning yangi ta’lim taşaбbusi oliy ta’lim va sanoat ŏrtasidagi hamkorlikni mustahkamlaşga, mamlakatda lift muhandisligi bŏyiça milliy kadrlar salohiyatini şakllantirişga xizmat qiladi.