• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • ID kartani tiklash
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
  • facebook icon
  • telegram icon
  • linkedin icon
  • youtube icon
  • instagram icon
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
  • Universitet arrow icon

    Universitet

    • Biz haqimizda
    • Rektorning kutib olish nutqi
    • Missiyamiz
    • Bizning jamoamiz
    • Ichki fayllar
    • Ichki qoidalar
    • Vazirlar Mahkamasining qarori
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Rektorga murojaat
    • Erasmus
    • KIUT Shop
    • Talabalar uyushmasi
    • Kafedralar
    • Bo'limlar
    • Kelajakka qadam
  • Dasturlar arrow icon

    Dasturlar

    • Bakalavr dasturlari
    • Magistratura dasturlari
    • Kechki ta'lim
    • Sirtqi ta'lim
    • Oʻqishni koʻchirish
    • Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • Bepul onlayn kurslar
    • Muhandislik maktabi
    • Biznes va moliya maktabi
    • Taʼlim maktabi
    • Sanʼat maktabi
    • Tibbiyot maktabi
  • Qabul arrow icon

    Qabul

    • Magistratura
    • Qoʻshma magistratura dasturi Malayziya
    • Xalqaro talabalar
    • Koreyada taʼlim
    • Xalqaro qabul
    • Qabul Toshkent shahri
    • Qabul Namangan shahri
    • Qabul Samarqand shahri
    • MBA AlmaU
    • Yozgi maktab
    • Koʻp beriladigan savollar
  • Tadqiqot arrow icon

    Tadqiqot

    • Ilmiy Kengash
    • Maxsus va malakaviy imtihonlar
    • Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash
    • Axborot - resurs markazi
    • Innovatsion markaz
    • Ilmiy boʻlim
    • Konferentsiyalar to'plami
    • Ilmiy jurnallar
    • Ilmiy maqolalar
  • Filiallar arrow icon

    Filiallar

    • Namangan
    • Samarqand
  • Yangiliklar
  • en
  • ru
None

KIUT TA’LIM GRANTLARI UCHUN HUJJATLAR QABULI BOSHLANMOQDA


Toshkent Kimyo xalqaro universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun universitet ta’lim grantlari tanlovi e’lon qilinmoqda.

Tanlov akademik, ilmiy, ijodiy va professional faoliyatda yutuqlarga erishayotgan, universitet hayotida faol ishtirok etayotgan, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Grantlar ikki asosiy yo‘nalishda ajratiladi:

1. Akademik yutuqlar granti

Ushbu grant bakalavriatning kunduzgi va kechki ta’lim shakllarida tahsil olayotgan 2-, 3- va 4-kurs talabalari uchun mo‘ljallangan.

Tanlovda talabalarning o‘qishdagi natijalari, olimpiada va tanlovlardagi yutuqlari, ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalardagi ishtiroki, shuningdek, universitet hayotidagi faolligi va uning rivojiga qo‘shgan hissasi inobatga olinadi.

Baholash jarayonida talabaning nafaqat akademik ko‘rsatkichlari, balki universitetni respublika va xalqaro miqyosdagi tadbirlar, loyihalar va tashabbuslarda munosib namoyon etishi ham e’tiborga olinadi.

2. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash granti

Ushbu grant ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Jumladan, quyidagi toifadagi talabalar grant uchun hujjat topshirishlari mumkin:

  • Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalar;
  • I va II guruh nogironligi bo‘lgan talabalar;
  • Kam ta’minlangan oilalar farzandlari;
  • Boquvchisini yo‘qotgan yoki og‘ir ijtimoiy sharoitga tushib qolgan talabalar;
  • Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoji mavjud boshqa toifadagi talabalar.

Talabgorlarning ijtimoiy va moddiy holati, akademik natijalari hamda universitetning ichki tartib-qoidalariga rioya etishi tegishli hujjatlar asosida ko‘rib chiqiladi.

Grant miqdorlari

Universitet ta’lim grantlari o‘qish shartnoma to‘lovining muayyan qismini qoplash uchun ajratiladi.

Grant miqdori va grant oluvchilar ro‘yxati tanlov natijalari, Grant komissiyasining tavsiyalari hamda universitetning belgilangan tartibdagi qarorlari asosida aniqlanadi.

Grantlar bir o‘quv yili uchun tayinlanadi. Avvalgi o‘quv yilida grant olgan talabalar ham tanlovda qayta ishtirok etishlari mumkin.

Talab etiladigan hujjatlar

  1. Oxirgi yakunlangan o‘quv yili (ikki semestr) bo‘yicha akademik ko‘rsatkichlar (GPA);
  2. Ikki nafar professor-o‘qituvchining tavsiyanomasi;
  3. Olimpiada, tanlov, ilmiy va professional yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlar (mavjud bo‘lsa);
  4. Oxirgi o‘quv yilidagi volontyorlik faoliyati, universitet hayotidagi faolligi va erishgan natijalarini tasdiqlovchi hujjatlar (mavjud bo‘lsa);
  5. Ijtimoiy grant talabgorlari uchun ijtimoiy holatini tasdiqlovchi rasmiy hujjatlar.

Izoh: Akademik ko‘rsatkichlar, volontyorlik faoliyati va universitet hayotidagi faollik faqat oxirgi yakunlangan o‘quv yili bo‘yicha hisobga olinadi.

Hujjatlarni topshirish muddati va tartibi

2026-yil 12-oktyabrdan 2-noyabrgacha.

Talabgorlar belgilangan hujjatlarni o‘z ta’lim yo‘nalishi rahbariga topshirishlari lozim.

Muhim: Joriy yilgi grant tanlovida motivatsion xat talab etilmaydi.

Tanlov natijalari rasmiy axborot resurslarida e’lon qilinadi.

Batafsil ma’lumot uchun

Manzil: A-blok, 214-xona

Mas’ul: Jamoatchilik va OAV bilan ishlash bo‘limi rahbari Shoira Khamrayeva.

O‘z bilimingiz, mehnatingiz va yutuqlaringizni namoyon eting. KIUT ta’lim grantlari tanlovida ishtirok eting.

 


4

4. Sifatli ta'lim
16

16. Tinchlik, adolat va samarali boshqaruv
17

17. Barqaror rivojlanish yo'lida hamkorlik
  • Dars jadvallari
  • Intranet
  • Intranet (Sirtqi taʼlim)
  • Kutubxona
  • E-pochta
  • Talabalar baholari
  • Talabalarning davomati
  • Davomat
  • Shota Rustaveli ko'chasi, 156, 100121 Toshkent
  • +998 78 129 40 40
  • info@kiut.uz

Copyright © 2024 KIUT. All rights reserved

facebook twitter linkedin linkedin instagram