2026-yil 15-aprel kuni
Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashabbusi bilan Buyuk Britaniyaning nufuzli AMBA & BGA tashkiloti vakillari — Andrew Main Wilson (Bosh ijrochi direktor), Debbie Kemp (Biznes maktablari bilan hamkorlik bo‘yicha direktor) va Richard Turner (Biznesni rivojlantirish bo‘limi rahbari) tashrif buyurdi.
AMBA & BGA biznes ta’limi sifatini baholash va akkreditatsiya qilish bo‘yicha dunyodagi yetakchi tashkilotlardan biri hisoblanadi. Ushbu tashrif universitet biznes maktabida (BMA, FIN, ACC, BAN, IER, IMA, TOU) ta’lim sifatini xalqaro standartlarga moslashtirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
Mehmonlarni universitetning Ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Rustamov Akmal Suxrobovich hamda Ta’lim sifatini ta’minlash bo‘limi boshlig‘i Sharipova Zebo Bekmuradovna kutib oldi.