Zamonaviy tibbiyot — bu nafaqat davolash, balki ilm
Zamonaviy tibbiyot — bu nafaqat davolash, balki ilm, texnologiya va insoniyat sog‘lig‘ini saqlash yo‘lida olib borilayotgan yuksak innovatsion izlanishlar majmuasidir. Shu maqsadda Toshkent Kimyo xalqaro universitetining ta’sischisi professor Alisher Vahobov boshchiligidagi delegatsiya Janubiy Koreyaning yetakchi ilmiy-tibbiy markazlaridan biri — Soonchunhyang University (Cheonan shahri)ga rasmiy tashrif buyurdi.
Tashrif davomida tomonlar o‘rtasida tibbiyot ta’limi va amaliyoti integratsiyasi, sog‘liqni saqlashda raqamli texnologiyalarni joriy etish, klinik amaliyotlar hamkorligi bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
Hamkorlik memorandumlari imzolandi, natijada KIUT talabalari va o‘qituvchilariga Soonchunhyang University Hospitalda amaliyot, stajirovka va ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etish imkoniyatlari yaratildi.