Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik davom etmoqda
Toshkent Kimyo xalqaro universitetida yangi o‘quv yili oldidan talabalarni kutib olishga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Ayni kunlarda talabalarni yotoqxonalarga joylashtirish, turar joylarni yangi o‘quv yiliga shay holatga keltirish, xonalardagi sharoitlarni ko‘zdan kechirish va zarur tashkiliy masalalarni hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Maqsad — uzoq hududlardan kelib tahsil oladigan talabalar uchun o‘qish davrida qulay va tartibli yashash sharoitini yaratish.
Yangi o‘quv yilida talabalarimizni universitetda kutib qolamiz!