“Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Kimyo International University in Tashkent talabasi Mustafayeva Malissa Mustafayevna O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Mazkur mukofot 2026-yil 28-martdagi tegishli buyruqqa asosan topshirilib, u millatlararo totuvlikni mustahkamlash, jamiyatda bag‘rikenglik va do‘stlik muhitini rivojlantirish yo‘lidagi xizmatlari uchun berildi.
Ushbu yuksak e’tirof talabaning faol fuqarolik pozitsiyasi va fidokorona mehnatining munosib bahosi hisoblanadi.
Talabamizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz!