• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • ID kartani tiklash
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
  • facebook icon
  • telegram icon
  • linkedin icon
  • youtube icon
  • instagram icon
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
  • Universitet arrow icon

    Universitet

    • Biz haqimizda
    • Rektorning kutib olish nutqi
    • Missiyamiz
    • Bizning jamoamiz
    • Ichki fayllar
    • Ichki qoidalar
    • Vazirlar Mahkamasining qarori
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Rektorga murojaat
    • Erasmus
    • KIUT Shop
    • Talabalar uyushmasi
    • Kafedralar
    • Bo'limlar
    • Kelajakka qadam
  • Dasturlar arrow icon

    Dasturlar

    • Bakalavr dasturlari
    • Magistratura dasturlari
    • Kechki ta'lim
    • Sirtqi ta'lim
    • Oʻqishni koʻchirish
    • Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • Bepul onlayn kurslar
    • Muhandislik maktabi
    • Biznes va moliya maktabi
    • Taʼlim maktabi
    • Sanʼat maktabi
    • Tibbiyot maktabi
  • Qabul arrow icon

    Qabul

    • Magistratura
    • Qoʻshma magistratura dasturi Malayziya
    • Xalqaro talabalar
    • Koreyada taʼlim
    • Xalqaro qabul
    • Qabul Toshkent shahri
    • Qabul Namangan shahri
    • Qabul Samarqand shahri
    • MBA AlmaU
    • Yozgi maktab
    • Koʻp beriladigan savollar
  • Tadqiqot arrow icon

    Tadqiqot

    • Ilmiy Kengash
    • Maxsus va malakaviy imtihonlar
    • Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash
    • Axborot - resurs markazi
    • Innovatsion markaz
    • Ilmiy boʻlim
    • Konferentsiyalar to'plami
    • Ilmiy jurnallar
    • Ilmiy maqolalar
  • Filiallar arrow icon

    Filiallar

    • Namangan
    • Samarqand
  • Yangiliklar
  • en
  • ru
None

Toshkentda Markaziy Osiyoning intellektual merosiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi


2026-yil 26–27-oktabr kunlari Toshkent shahrida “O‘rta asrlar va yangi davrda Markaziy Osiyoda intellektual meros” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti hamda Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (KIUT) hamkorligida tashkil etildi.

Konferensiya Markaziy Osiyoning boy ilmiy va madaniy merosini tarixiy manbalar asosida o‘rganish, mintaqadagi intellektual jarayonlarni xalqaro ilmiy muhokamaga olib chiqish hamda xorijiy tadqiqotchilar bilan akademik hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlandi.

Ikki kunlik anjumanda O‘zbekiston, AQSh, Buyuk Britaniya, Avstriya, Germaniya, Niderlandiya, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlarning ilmiy muassasalari vakillari ishtirok etdi. Xususan, Pittsburg, Bamberg va Leyden universitetlari, Avstriya Fanlar akademiyasi hamda mintaqadagi yetakchi ilmiy markazlar tadqiqotchilari o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan qatnashdilar.

Konferensiyaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, professor Bahrom Abduhalimov, Toshkent Kimyo xalqaro universiteti ta’sischisi, professor Alisher Vahobov, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti direktori, professor Komiljon Rahimov hamda KIUT rektori, professor Akmal Allaquliyev ishtirok etdi.

Ilmiy sessiyalarda Markaziy Osiyoda ulamolar faoliyati va jadidchilik, diplomatik yozishmalar, Temuriylar davri adabiy merosi, tasavvuf, intellektual migratsiya hamda me’morchilik estetikasi kabi masalalar muhokama qilindi. Tadqiqotchilar Buxoro, Xiva va Toshkentning tarixiy intellektual muhiti, Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy merosi, shuningdek, mintaqadagi ilm-fan markazlarining shakllanishiga oid izlanishlarini taqdim etdilar.

KIUTda Markaziy Osiyo ayollarining intellektual merosi muhokama qilindi

26-oktabr kuni Toshkent Kimyo xalqaro universitetida konferensiya doirasida “Markaziy Osiyo ayollarining intellektual merosi” mavzusida maxsus ilmiy sho‘ba yig‘ilishi tashkil etildi.

Unda ayollarning mintaqa ilm-fani, ma’rifati, ta’limi va ijtimoiy taraqqiyotiga qo‘shgan tarixiy hissasi, ularning ilmiy faoliyati va yozma manbalarda aks etgan merosi muhokama qilindi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston Fanlar akademiyalari, Ganja davlat universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda boshqa oliy ta’lim muassasalari tadqiqotchilari xotin-qizlarning jadidchilik harakatidagi o‘rni, tarixiy vaqf faoliyati, intellektual mulk huquqlari va ilmiy merosni raqamlashtirish masalalariga bag‘ishlangan ma’ruzalar bilan qatnashdilar.

Jumladan, KIUT tadqiqotchisi Xusniddin Mamadaliyev IX–XIII asrlarga oid yozma manbalarda olima ayollar tavsifi yuzasidan ilmiy ma’ruza taqdim etdi.

Maxsus sho‘ba davomida tarixiy manbalarda ayol olimalarning o‘rnini qayta ko‘rib chiqish, ularning ilmiy merosini chuqur o‘rganish va zamonaviy tadqiqotlarga tatbiq etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Xalqaro konferensiya Markaziy Osiyoning intellektual tarixini o‘rganishda yangi ilmiy yondashuvlarni muhokama qilish, tadqiqotchilar o‘rtasida tajriba almashish va xalqaro akademik aloqalarni mustahkamlash uchun muhim ilmiy muloqot maydoni bo‘ldi.


4

4. Sifatli ta'lim
5

5. Gender tezligi
16

16. Tinchlik, adolat va samarali boshqaruv
17

17. Barqaror rivojlanish yo'lida hamkorlik
  • Dars jadvallari
  • Intranet
  • Intranet (Sirtqi taʼlim)
  • Kutubxona
  • E-pochta
  • Talabalar baholari
  • Talabalarning davomati
  • Davomat
  • Shota Rustaveli ko'chasi, 156, 100121 Toshkent
  • +998 78 129 40 40
  • info@kiut.uz

Copyright © 2024 KIUT. All rights reserved

facebook twitter linkedin linkedin instagram