Toshkent Kimyo xalqaro universitetining tibbiyot yo‘nalishi talabalari uchun Janubiy Koreyada amaliyot o‘tash imkoniyati yaratildi.
Toshkent Kimyo xalqaro universitetining tibbiyot yo‘nalishi talabalari uchun Janubiy Koreyada amaliyot o‘tash imkoniyati yaratildi. Ushbu tashabbus talabalarning klinik ko‘nikmalarini rivojlantirish, ilg‘or tibbiy amaliyotlar bilan tanishtirish hamda xalqaro sog‘liqni saqlash muhitida amaliy tajriba orttirishga qaratilgan.
Dastur Janubiy Koreyaning yetakchi tibbiyot muassasalari, jumladan Soonchunhyang University bilan hamkorlikda ishlab chiqilmoqda. Amaliyotlar kuzgi va qishki semestrlarda tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, kelgusida 2+2 formatidagi qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.