Toshkent Kimyo xalqaro universiteti vakillari ayni paytda Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tayotgan EURIE xalqaro sammitida ishtirok etmoqda.
Sammit doirasida delegatsiya hamkor universitetlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, yangi hamkorlik yo‘nalishlari, akademik almashinuv va qo‘shma dasturlarni rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama qilmoqda.
Mazkur ishtirok universitetning xalqaro aloqalarini kengaytirish va talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.