Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va “Salohiyat maktabi” o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va “Salohiyat maktabi” o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va “Salohiyat maktabi” o‘rtasida uzoq muddatli, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu hamkorlik ta’lim sifatini oshirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularning salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik doirasida zamonaviy ta’lim tashabbuslari, akademik muhitni boyitishga qaratilgan loyihalar hamda yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish rejalashtirilgan.