Toshkent Kimyo xalqaro universiteti “Tarix” kafedrasi tomonidan “O‘rta asr manbalarida Amir Temur siymosining aks etishi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
2026-yil 8-aprel kuni Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan ushbu tadbirda talabalar va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi. Davra suhbatida sohaning yetuk olimlari — professorlar Shodmon Vohidov, Bahriddin Usmonov va Bobir Aminov ma’ruzalari bilan qatnashdi.
Tadbir davomida o‘rta asr manbalari, temuriylar tarixi, harbiy yurishlar hamda epigrafik merosga oid muhim ilmiy ma’lumotlar taqdim etildi.
Mazkur davra suhbati talabalarning tarixiy bilimlarini boyitish va manbashunoslikka bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.