Toshkent Kimyo xalqaro universiteti hamda RIDM hamkorligida “Kelajak Bunyodkorlari” nomli arxitektura, interyer va landshaft dizayni ko‘rgazmasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti hamda RIDM hamkorligida “Kelajak Bunyodkorlari” nomli arxitektura, interyer va landshaft dizayni ko‘rgazmasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazma doirasida zamonaviy shaharsozlikka qaratilgan innovatsion loyihalar, futuristik interyer konsepsiyalari hamda yosh mutaxassislarning ilmiy-tadqiqot ishlari namoyish etildi.
Tadbirda Yaponiyaning qurilish kompaniyalari vakillari ham ishtirok etib, yosh ijodkorlarning ishlari bilan yaqindan tanishdilar.
Ko‘rgazma barqaror rivojlanish, ekologik xavfsiz va inson uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan ilg‘or arxitektura yondashuvlarini ommalashtirishga xizmat qildi.