Toshkent Kimyo xalqaro universiteti delegatsiyasi Jizzaxdagi BYD Uzbekistan zavodiga tashrif buyurdi va anglashuv memorandumi imzoladi
Universitetimiz delegatsiyasi, rektor Akmal Allakuliyev boshchiligida, Jizzaxdagi BYD Uzbekistan Factory zavodiga tashrif uyushtirdi. Tashrif davomida tomonlar ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va talabalarning amaliyot imkoniyatlarini kengaytiruvchi anglashuv memorandumini imzoladilar.
Zavod zamonaviy uskuna va robotlashtirilgan liniyalar bilan jihozlangan, elektr va gidrid avtomobillarni ishlab chiqaradi, innovatsion texnologiyalarni joriy qiladi va komponentlarni mahalliylashtirishni rejalashtirmoqda.
Hamkorlik orqali Toshkent Kimyo xalqaro universiteti talabalari yuqori texnologiyali ishlab chiqarishda amaliy tajriba orttiradi, BYD esa yosh mutaxassislarni jalb qilish va qo‘shma innovatsion loyihalarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
BYD Uzbekistan Factory rahbariyati va jamoasiga iliq qabul va samarali hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiramiz.