Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi xodimi “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi
O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatib kelayotgan bir guruh xodimlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Xususan, Agentlikning Raqamlashtirish va axborot texnologiyalari guruhi rahbari Farrux Yo'ldoshev ta’lim sohasini raqamlashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va ta’lim sifatini ta’minlash jarayonlarini takomillashtirishga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi.
Farrux Yo'ldoshev minglab foydalanuvchilari foydalanib kelayotgan raqamli platformalarga asos solgan. Jumladan, uning bevosita rahbarligida "Online Admission", "Milliy dastur", "PIIMA Jobs", "OneDesk" kabi raqamli platformalar yaratilgan.
"Bitiruvchilar sifati indeksi" va "Akkreditatsiya" platformalari joriy qilinib, ta’lim sifatini baholash jarayonlarini yanada shaffof bo‘lishiga xizmat qilib kelmoqda.
Agentlik jamoasi hamkasbimiz qatorida barcha davlat mukofotlari bilan taqdirlanganlarni samimiy muborakbod etadi hamda kelgusidagi faoliyatlarida yangi yutuqlar va muvaffaqiyatlar tilaydi