Talabalar muammolari ochiq muloqotda o‘rganildi
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti vakillari Talabalar turar joyida bo‘lib, talabalarning yashash sharoiti, ta’lim jarayonida duch kelayotgan muammolari va ehtiyojlarini o‘rgandilar.
Asosiy e’tibor talabalar bilan ochiq muloqotga qaratildi. Suhbat davomida ularni qiynayotgan masalalar, o‘qish va yashash sharoiti bilan bog‘liq taklif hamda murojaatlar tinglandi. Aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli amaliy choralar ko‘rish belgilandi.
Uchrashuvda Talabalar turar joyi uchun mas’ul M. Berdiqulov, Talabalarning ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i M. Abdujamilova hamda Talabalar parlamenti faollari ishtirok etdi.
Shuningdek, talabalar bilan akademik intizom, darslarda muntazam ishtirok etish, universitet ichki tartib-qoidalariga rioya qilish va bo‘sh vaqtdan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Bunday uchrashuvlarning asosiy maqsadi — talabalar muammolarini bevosita ularning o‘zidan eshitish va yechim talab qiladigan masalalarga o‘z vaqtida munosabat bildirishdir.