Sankt-Peterburgda bir oylik amaliyotni o‘tagan Rangtasvir yo‘nalishi talabalari yurtga qaytdi.
Tarix va san’at uyg‘unlashgan ushbu shahar talabalarga nafaqat amaliy ko‘nikmalar, balki yangi bilim va ijodiy ilhom ham berdi. Muzeylar, me’moriy obidalar va boy madaniy muhit yosh rassomlarning dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qildi.
Rangtasvir yo‘nalishi talabalari uchun Sankt-Peterburg amaliyoti san’atni chuqurroq his etish va yangi ijodiy g‘oyalarni kashf etish imkoniyatiga aylandi.