Raqamli ta’limning global tendensiyalari va zamonaviy texnologiyalar Londonda muhokama qilindi.
Raqamli ta’limning global tendensiyalari va zamonaviy texnologiyalar Londonda muhokama qilindi. 2026-yil 22-yanvar kuni Toshkent Kimyo xalqaro universiteti rektori, professor Akmal Baltayevich Allakuliyev boshchiligidagi delegatsiya Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tgan BETT UK 2026 xalqaro ta’lim ko‘rgazmasida ishtirok etdi. Mazkur nufuzli ko‘rgazma universitetda 2026-yil “Tizimlashgan raqamli ta’lim va natijalarga asoslangan faoliyat yili” doirasida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish yo‘lidagi muhim bosqich bo‘ldi. Ko‘rgazma doirasida delegatsiya ta’lim sohasida yetakchi hisoblangan Google, Microsoft, Lenovo, Sage hamda Canva kompaniyalarining ta’lim yo‘nalishidagi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvlar davomida universitet faoliyatini to‘liq raqamlashtirish, ta’lim jarayonlarini natijalarga asoslangan boshqaruv tamoyillari asosida tashkil etish hamda zamonaviy raqamli platformalarni joriy etish bo‘yicha istiqbolli loyihalar muhokama qilinib, dastlabki kelishuvlarga erishildi.