O‘quv adabiyotlari universitet kutubxonasiga topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazi hamda Toshkent Kimyo xalqaro universiteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida universitet kutubxonasiga 18 turdagi 100 dan ortiq o‘quv adabiyotlari rasman taqdim etildi.
Mazkur adabiyotlar oliy ta’lim muassasalari talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ilm-fan va ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.