KIUTda moliya va biznes kelajagiga bag‘ishlangan xalqaro vebinar
Toshkent Kimyo xalqaro universitetida “Your Future Starts Now: Leadership and Innovation for Finance and Business” mavzusida ilk xalqaro vebinar tashkil etilmoqda.
Vebinarda Kanadadagi Happy Life Academy asoschisi, tadqiqotchi professor Stoyana Natseva hamda Filippinning De La Salle universiteti o‘qituvchisi Dr. Emmanuel J. Dotong o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar.
Uchrashuvda moliya va biznes sohasidagi zamonaviy tendensiyalar, strategik yetakchilik, innovatsion yondashuvlar hamda kelajak mutaxassislari uchun zarur ko‘nikmalar muhokama qilinadi.
Vebinar KIUTning Moliya yo‘nalishi o‘qituvchisi Dr. Abdul Hameed Alizai tashabbusi bilan tashkil etilmoqda.