KIUTda madaniyatlar uchrashuvi
Student Mobility Program doirasida Yaponiyaning KEIO universiteti va Kimyo xalqaro universiteti talabalari ishtirokida madaniy almashinuv kuni bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv O‘zbekiston va Yaponiyaning milliy qadriyatlari haqidagi taqdimotlar bilan boshlandi. Yapon tili va musiqasi esa tadbirga o‘ziga xos ruh bag‘ishladi. Talabalar bir-biri bilan yaqindan tanishib, suhbatlashdi, o‘z mamlakati, an’analari va talabalik hayoti haqida fikr almashdi.
Tadbirga AQShdan kelgan talabalar ham qo‘shildi. Shu tariqa KIUTda turli mamlakat yoshlari, tillar va madaniyatlar bir makonda uchrashdi. Bu kun yangi tanishuvlar, samimiy muloqot va haqiqiy madaniy almashinuvga aylandi.