KIUT xalqaro hamkorlik rivojiga qo‘shgan hissasi uchun e’tirof etildi Singapurda bo‘lib o‘tgan QS EduData Summit 2026 xalqaro sammiti doirasida Kimyo International University in Tashkent Malayziyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — INTI Inter
Mazkur mukofot universitetlar o‘rtasida shakllangan mustahkam akademik hamkorlik, o‘zaro ishonch va xalqaro ta’lim rivojiga qo‘shilgan hissaning e’tirofi sifatida topshirildi.
O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar qariyb o'ttiz yildan buyon izchil rivojlanib kelmoqda. Ayniqsa, ta’lim va ilm-fan sohalari ikki mamlakatni yanada yaqinlashtirayotgan muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda Malayziya Osiyoning eng yirik ta’lim markazlaridan biri sifatida e’tirof etilsa, O‘zbekiston ham xalqaro standartlarga mos zamonaviy ta’lim tizimini shakllantirish yo‘lida faol islohotlarni amalga oshirmoqda.
INTI International University va KIUT o‘rtasidagi hamkorlik talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, akademik mobillik hamda xalqaro ta’lim loyihalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Mazkur e’tirof ikki universitet o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi ta’lim aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.