KIUT va Xitoyning SENKE kompaniyasi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi
Toshkent Kimyo xalqaro universitetida (KIUT) Xitoyning Guangzhou Senke Electronics Co., Ltd. (SENKE) kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda mavjud hamkorlikni rivojlantirish va kelgusidagi qo‘shma loyihalar muhokama qilindi.
2012-yilda tashkil etilgan SENKE kompaniyasi Xitoyning Guanchjou shahrida faoliyat yuritadi. Kompaniya interaktiv panellar, LED va LCD ekranlar, sensorli kiosklar, monoblok kompyuterlar hamda aqlli displey tizimlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Uchrashuvda kompaniya bosh direktori janob Liu, savdo direktori Martin Lee va savdo vakili Elora Zhang ishtirok etdi.
KIUT tomonidan mehmonlarni R.Vahobov, Sh. Badalov va I. Akramov kutib oldi.Tashrif davomida Xitoy delegatsiyasi universitet bilan bog‘liq klinika, maktab va maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati bilan ham tanishdi.
Tomonlar mavjud hamkorlikni mustahkamlash, zamonaviy texnologik yechimlardan foydalanish va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildi.