KIUT va Nagoya iqtisodiyot universiteti akademik hamkorlikning yangi imkoniyatlarini muhokama qildi
11-noyabr kuni Toşkent Kimyo xalqaro universiteti (KIUT) ta’sisçisi, professor Alişer Vahobov boşçiligidagi delegatsiya Yaponiyaning Inuyama şahrida joylaşgan Nagoya iqtisodiyot universitetiga taşrif buyurdi. Uçraşuvda akademik hamkorlikni kengaytiriş va talabalar almashinuvini rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.
Delegatsiya Nagoya iqtisodiyot universiteti prezidenti Haruo Saburi, Ichimura ta’lim muassasalari kansleri Hitoshi Sueoka hamda Xalqaro aloqalar markazi direktori, professor Noriji Sakakura bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Yaponiyaning Aichi prefekturasida joylaşgan Nagoya iqtisodiyot universiteti iqtisodiyot, biznes, huquq va ta’lim yo‘nalişlarida mutaxassislar tayyorlaydi. Universitetda xalqaro ta’lim muhiti ham rivojlanib bormoqda. 2026-yil may holatiga ko‘ra, bu yerda 491 nafar xorijiy talaba tahsil olgan.
2024-yilda imzolangan akademik hamkorlik kelişuviga tayangan holda, tomonlar KIUTning yapon filologiyasi yo‘nalişi talabalarini Yaponiyada o‘qitiş, talabalar va professor-o‘qituvçilar uçun qo‘şma yozgi maktablar taşkil etiş hamda ingliz tilida o‘qitiladigan magistratura dasturini yo‘lga qo‘yiş imkoniyatlarini muhokama qildi.
Nagoya iqtisodiyot universiteti ham o‘z talabalarini O‘zbekistonga yuborişga qiziqiş bildirib, ikki tomonlama akademik almashinuvni rivojlantirişga tayyorligini ma’lum qildi.
Şuningdek, uçraşuvda maktabgaça ta’lim sohasida hamkorlik, pedagoglar o‘rtasida kasbiy tajriba almaşiş va Yaponiyaning MEXT dasturi doirasidagi imkoniyatlardan foydalaniş masalalari ko‘rib çiqildi.
Muzokaralarning keyingi bosqiçida dasturlarning muddatlari, til biliş va qabul talablari, şuningdek, moliyalaştiriş şartlarini aniqlashtiriş rejalashtirilgan.
Uşbu taşabbuslar 2024-yilda boshlangan hamkorlikni amaliy ta’lim dasturlari bilan boyitiş, O‘zbekiston va Yaponiya universitetlari o‘rtasidagi akademik aloqalarni mustahkamlaş hamda talabalar uçun xalqaro ta’lim imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qilişi kutilmoqda.