KIUT va “Mikrokreditbank” o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va “Mikrokreditbank” ATB o‘rtasida ta’lim va amaliyot integratsiyasini rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Hamkorlik doirasida talabalar uchun ta’lim grantlari ajratish, olimpiadalar orqali iqtidorli yoshlarni saralash, amaliyot va ish bilan ta’minlash, shuningdek, qo‘shma ta’lim loyihalarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Tashrif davomida bank vakillari universitetning Bloomberg laboratoriyasi, Innovatsion markazi va KIUT Business School faoliyati bilan tanishdilar.