KIUT va Malayziyaning INTI International University hamkorligida MBA ta’lim franshizasi ishga tushirildi
Dastur boshqaruv sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, kompaniya va tashkilotlar rahbarlari, tadbirkorlar hamda menejerlik faoliyatida rivojlanishni maqsad qilgan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.
Tinglovchilar KIUTda INTI University o‘quv dasturi asosida MBA yo‘nalishida tahsil olib, xalqaro diplomga ega bo‘lish imkoniyatiga ega. Shuningdek, dastur doirasida bir semestrni Malayziyadagi INTI International Universityda akademik mobillik asosida o‘qish imkoniyati ham mavjud.
INTI International University QS World University Rankings’da 406-o‘rin, QS Asia University Rankings’da esa 122-o‘rinni egallagan.