KIUT va Huaqiao University hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga Xitoyning Huaqiao University delegatsiyasi tashrif buyurdi. Mehmonlarni KIUTning Strategik rivojlantirish va raqamlashtirish bo‘yicha prorektori Ulug‘bek Vosiqov kutib oldi.
Uchrashuvda ikki universitet o‘rtasida akademik hamkorlikni rivojlantirish, xitoy tili va tarjima ta’limini kuchaytirish, talabalar hamda professor-o‘qituvchilar almashinuvi uchun yangi imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
Tashrif doirasida KIUTda xitoy tilida sinxron tarjima laboratoriyasi ochildi. Yangi laboratoriya talabalarga sinxron tarjimani zamonaviy uskunalar yordamida amaliy o‘rganish va professional tarjimonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi.
Shuningdek, Huaqiao University delegatsiyasi xitoy tili va tarjima yo‘nalishi talabalari bilan uchrashdi.