KIUT va Energetika muammolari instituti qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshiradi
23-oktabr kuni Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Hamkorlik doirasida qayta tiklanuvchi energiya manbalari, energiya samaradorligi, aqlli elektr tarmoqlari (Smart Grid) va sun’iy intellekt texnologiyalari bo‘yicha qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish belgilandi.
Kutilayotgan amaliy natijalar:
Energiya samaradorligini oshirish va elektr tarmoqlarini intellektual boshqarish bo‘yicha ilmiy ishlanmalar yaratish;
Respublika va xalqaro grantlar asosida qo‘shma tadqiqotlarni moliyalashtirish;
Ikki tashkilot laboratoriyalarida tajriba-sinov ishlarini olib borish;
Talabalar, magistrantlar va doktorantlarni real ilmiy loyihalar hamda amaliy tadqiqotlarga jalb etish;
Innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish va startap loyihalarni rivojlantirish.
Memorandum KIUT prorektori J. Kaniyev va institut direktori D. Yusupov tomonidan imzolandi.