KIUT va Buyuk Britaniyaning Bristol universiteti ŏrtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
29-oktabr kuni Toşkent Kimyo xalqaro universitetida Buyuk Britaniyaning University of the West of England (UWE Bristol) universiteti vakili, Bristol Business School iqtisodiyot yŏnalişi direktor ŏrinbosari, PhD Mohamed Azeem Haroon bilan uçraşuv bŏlib ŏtdi.
Muzokaralar davomida ikki universitet ŏrtasida akademik hamkorlikni rivojlantiriş, qŏşma ta’lim taşabbuslari va ŏzaro tajriba almaşiş imkoniyatlari muhokama qilindi.
UWE Bristol — Buyuk Britaniyaning amaliy ta’lim va işlab çiqariş bilan hamkorlikka alohida e’tibor qaratadigan universitetlaridan biri. Uning Bristol Business School maktabi biznes, iqtisodiyot, menejment, moliya va marketing sohalarida mutaxassislar tayyorlaydi.
Mazkur uçraşuv KIUTning Britaniya oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro akademik aloqalarini kengaytiriş yŏlidagi navbatdagi qadam bŏldi.