KIUT SAP University Alliances dasturiga a’zo bo‘ldi
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti dunyoning yetakchi korporativ texnologiyalar kompaniyalaridan biri bo‘lgan SAPning University Alliances dasturiga rasman qo‘shildi.
Mazkur hamkorlik talabalarga SAP platformalari va texnologiyalari, biznes jarayonlari, data analytics, ERP tizimlari hamda raqamli transformatsiya yo‘nalishlarida amaliy bilim va ko‘nikmalarni egallash imkonini beradi.
Professor-o‘qituvchilar esa zamonaviy o‘quv resurslari, xalqaro malaka oshirish dasturlari va ilmiy hamkorlik imkoniyatlaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
Endilikda KIUT ta’lim va ish beruvchilar ehtiyojlarini bog‘lovchi global universitetlar hamjamiyatining bir qismi hisoblanadi.