KIUT professor-o‘qituvchilari Qozog‘istonda sun’iy intellekt bo‘yicha ma’ruzalar o‘tkazdi
28–30-sentabr kunlari Toshkent Kimyo xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilari Qodirbek Maxarov va Alpamis Kutlimuratov Qozog‘istondagi Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universitetida talabalar uchun sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarga bag‘ishlangan ma’ruzalar o‘tkazdi.
Ma’ruzalarda sun’iy intellektning ta’lim va ilmiy tadqiqotlardagi qo‘llanilishi, zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishi hamda amaliy imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shuningdek, KIUT vakillari “Қазақ тілі – ғылым тілі: Digital Qazaqstan дәуірінде ғылыми трансформация” xalqaro simpoziumida ishtirok etib, sun’iy intellekt yo‘nalishidagi ilmiy tadqiqotlari natijalarini taqdim etdi.
Tashrif yakunida mezbon universitet KIUT professor-o‘qituvchilariga ma’ruzalari va ilmiy hamkorlikdagi faol ishtiroki uchun minnatdorlik bildirdi.