KIUT — O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida yangi madaniy ko‘priklar sari!
KIUT delegatsiyasi East Asia Educational Center of Korea vakillari bilan uchrashdi
Uchrashuvda Yong Han Lee — rais, Wang Gijo — direktor, Lee Byungyoon — bosh kotib, Lee Eun Joo — Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi hamda tashkilotning boshqa vakillari ishtirok etdi.
Muzokaralarda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi madaniy almashinuvni kengaytirish, K-pop konsertlari va yoshlar festivallarini tashkil etish, sport tadbirlari va do‘stlik uchrashuvlarini o‘tkazish, shuningdek ikki mamlakat yoshlarini birlashtiruvchi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Madaniyat, musiqa va sport — xalqlarni birlashtiradigan universal til. Ushbu yo‘nalishlarda KIUT talabalari uchun yangi xalqaro platformalar va imkoniyatlar yaratish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Maqsad — yoshlar orqali O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi do‘stlik va madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash.