None

“KIUT olami” – yosh dizaynerlar ijodiga bagʻishlangan koʻrgazma


Toshkent Kimyo xalqaro universitetining “Liboslar dizayni” yoʻnalishi talabalari tomonidan Markaziy koʻrgazmalar zalida “KIUT olami” nomli ijodiy koʻrgazma tashkil etildi.

Koʻrgazmaning tantanali ochilish marosimi Oʻzbekiston xalq rassomi Akmal Nur va Toshkent Kimyo xalqaro universiteti rektori Karimjon Akhmedjanov tomonidan amalga oshirildi. Ular tadbirni ochar ekan, yosh dizaynerlarning ijodiy izlanishlarini va badiiy mahoratini yuqori baholadilar.

Taqdim etilgan ishlar zamonaviy moda tendensiyalari va milliy qadriyatlar uygʻunligining yorqin namunasi sifatida namoyon boʻldi. Har bir loyiha yosh dizaynerlarning mustaqil fikri va sanʼatga boʻlgan yondashuvini aks ettirdi.

“KIUT olami” koʻrgazmasi nafaqat talabalar uchun oʻz imkoniyatlarini koʻrsatish maydoni, balki ularga professional dunyoga dadil qadam tashlash uchun katta ilhom manbai boʻldi.