KIUT bitiruvchisi Sapienza universitetini eng yuqori natija bilan tamomladi
Toshkent Kimyo xalqaro universitetining Turizm yo‘nalishi bitiruvchisi Ulugbek Mamajonov dunyoning TOP-150 universitetlaridan biri — Italiyaning Sapienza University of Rome universitetida magistratura bosqichini 110/110 Cum Laude — eng yuqori natija bilan tamomladi.
KIUTdagi bakalavriat ta’limini ham imtiyozli diplom bilan yakunlagan Ulugbek magistrlik dissertatsiyasida Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyodagi qishloq xo‘jaligi hamkorligi va oziq-ovqat xavfsizligi masalalarini tadqiq qildi.
Bitiruvchimizni ushbu yuksak akademik natija bilan tabriklaymiz va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz!