Kimyo International University in Tashkentda Xitoyning san’at yo‘nalishidagi yetakchi oliygohlaridan biri — Hubei Institute of Fine Arts delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama akademik hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Xususan, quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik rejalashtirilmoqda:
• rangtasvir
• arxitektura va shaharsozlik
• interyer dizayn
• moda dizayni
Shuningdek, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun xalqaro imkoniyatlarni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi. Yaqin kelajakda 2+2 dasturlari, semestrlik almashinuv, yozgi maktablar va qo‘shma ta’lim loyihalarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.