🇨🇳🤝🇺🇿 Kimyo International University in Tashkent va Beijing FESCO International Education Consulting Co., Ltd. o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
🇨🇳🤝🇺🇿 Kimyo International University in Tashkent va Beijing FESCO International Education Consulting Co., Ltd. o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Kelishuvga muvofiq, Xitoyning 200 dan ortiq yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan 2+2 va 3+1 qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, shuningdek talabalar uchun Xitoyda amaliyot o‘tash imkoniyatlarini yaratish rejalashtirilgan.
Uchrashuv “Winter Camp 2026”doirasida universitetning Tarjima ishi (xitoy–ingliz) yo‘nalishi tomonidan tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga Xitoy universitetlari va u yerda ta’lim olishning afzalliklari haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, xitoy choy marosimi hamda Kung Fu milliy jang san’ati bo‘yicha mahorat darsi namoyish etildi.
🔗🇬🇧🇷🇺: www.kiut.uz