Kimyo International University in Tashkent hamkorlik aloqalarini izchil kengaytirishda davom etmoqda.
Universitet tomonidan O‘zbekiston Nodavlat ta’lim muassasalari assotsiatsiyasi hamda TOPEX kompaniyalar guruhi tarkibidagi bir qator ta’lim muassasalari bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi.
Mazkur hamkorlik dual ta’lim tizimini rivojlantirish, nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish hamda texnikum bitiruvchilari uchun universitetda ta’limni davom ettirish imkoniyatlarini kengaytirishga хизмат qiladi.