Hurmatli KIUT bitiruvchilari!
Sizlarni Kimyo International University in Tashkent tomonidan tashkil etilayotgan an’anaviy bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi — “KIUT Job Fair – 2026” ga taklif etamiz.
Mazkur yarmarkada 60 dan ortiq nufuzli kompaniyalar ishtirok etadi. Ular orasida quyidagilar ham bor:
- BYD Uzbekistan Factory
- Uzbekistan Airways
- ADM Jizzakh
- Artel Electronics
- Pepsi Uzbekistan
- UzAuto Motors
- Ipak Yo‘li Bank
- Hyundai Elevator
- Hisense HVAC
- Hyundai Rotem
Sana: 16-aprel 2026-yil
Vaqt: 11:00
Manzil: Kimyo International University in Tashkent
Ushbu yarmarka sizga:
- nufuzli kompaniyalarda ish va amaliyot topish,
- professional aloqalarni kengaytirish,
- kelajakdagi karyerangiz uchun muhim qadam qo‘yish imkonini beradi.
16-aprel kuni faol ishtirok eting va karyerangizni KIUT bilan boshlang!