Dunyoning 80 dan ortiq mamlakatlari bilan hamkorlik qilayotgan va minglab mutaxassislarni tayyorlagan China-SCO Iqtisodiyot va savdo instituti delegatsiyasi Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida talabalar almashinuvi, qo‘shma ta’lim dasturlari, ilmiy tadqiqotlar hamda xalqaro loyihalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Bugun KIUT talabalari uchun xalqaro ta’lim va tajriba almashinuvi imkoniyatlari tobora kengayib bormoqda. Xitoyning nufuzli ta’lim va tadqiqot markazlari bilan yo‘lga qo‘yilayotgan hamkorliklar esa bu imkoniyatlarni yanada mustahkamlaydi.