Diagnostikadan yechimgacha: talabalar amaliy kosmetik vositalar yaratmoqda
Toshkent Kimyo xalqaro universitetida Chiroy estetikasi yo‘nalishi talabalari amaliy kosmetologiya kafedrasida zamonaviy yuz diagnostika apparati orqali teri holatini aniqlab, unga mos parvarish usullarini tanlashni o‘rganmoqda.
Shu bilan birga, kimyoviy kosmetologiya fani doirasida talabalar tabiiy mahsulotlar asosida amaliy kosmetik vositalar — krem va sivoritkalarni yaratib, ularni test qilishmoqda. Ushbu mahsulotlar yuz parvarishi, shuningdek soch va qosh to‘kilishi kabi muammolarga individual yechim sifatida ishlab chiqilmoqda.
Shuningdek, universitetning Janubiy Koreyadagi hamkor kompaniyalari bilan hamkorlikda namlantiruvchi kremlar ustida ham ishlar olib borilmoqda.