Columbiyaning Bogota shahrida Rivojlanayotgan mamlakatlardagi olima ayollar tashkiloti (OWSD)ning 7-Bosh Assambleyasi va Xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Columbiyaning Bogota shahrida Rivojlanayotgan mamlakatlardagi olima ayollar tashkiloti (OWSD)ning 7-Bosh Assambleyasi va Xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Toshkent Kimyo xalqaro universitetining professori Shoiraxon Nuridinova mazkur nufuzli tadbirda ishtirok etib, “O‘zbekistonidagi islohotlarning xotin-qizlarning ilm-fandagi o‘rniga ta’siri” mavzusida ma’ruza qildi.
Ma’ruzada 2017-yildan amalga oshirilayotgan islohotlarning ayollarning siyosat, ta’lim va ilm-fandagi ishtirokiga ijobiy ta’siri, genderga sezgir davlat siyosati, shuningdek ayollar faolligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qonunchilik va milliy strategiyalar haqida ma’lumot berildi.