 
                        Bugundan boshlab Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga hujjatlar oflayn tartibda ham qabul qilinadi
Manzil: Toshkent Kimyo xalqaro universitetining A-binosi, 1 qavat (Toshkent, Shota Rustaveli koʻchasi 156-uy).
Hujjatlarni qabul qilish jarayoni 01.04.2023 dan 31.07.2023 gacha davom etadi. 
Abituriyentlardan quyidagi hujjatlar talab qilinadi: 
•    Oʻrta yoki oʻrta-maxsus maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat (attestat, diplom);
•    Pasport;
•    3.5 x 4.5 hajmdagi rasm (JPEG); 
•    Agarda mavjud boʻlsa, rasmiy хorijiy til bilish sertifikatlari: IELTS — 5.5 / CEFR — B1 / DuoLingo — 85 / TOEFL — 58 / TOPIK — (3) / IGCSE — 4 va undan yuqori ballar.
Qabul komissiyasining ish jadvali: dushanba – juma (09:00 – 17:00). Murojaat uchun: +998 (78) 129 40 40 (ichki 1).
 
 
                                     
                                     
                                     
                                     
                                     
                                     
                                    