
Bu safar WBC Amateur TURKSOY musobaqasiga ilk bor mezbonlik qilgan shahar sifatida tarixga kirdi
Uch kun davomida Toshkent shahri xalqaro sport maydonining e’tibor markazida bo‘ldi — bu safar WBC Amateur TURKSOY musobaqasiga ilk bor mezbonlik qilgan shahar sifatida tarixga kirdi. Mazkur nufuzli turnirda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Turkmaniston, Ozarbayjon va O‘zbekiston sportchilari o‘z mahoratlarini ringda sinovdan o‘tkazdilar. Musobaqaning bosh homiylaridan biri Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti bo‘ldi. Universitet yoshlarning sport sohasidagi faolligini, jismoniy salomatlik va raqobatbardoshlik ruhini qo‘llab-quvvatlash orqali ularning har tomonlama kamol topishiga hissa qo‘shmoqda.