#Bitiruvchilar diqqatiga!
Toshkent Kimyo xalqaro universitetining 2026-yilgi bitiruv marosimi 10, 11 va 12-avgust kunlari A blok foyesida bo‘lib o‘tadi.
10-avgust — kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarini imtiyozli diplom bilan tamomlagan bitiruvchilar hamda magistratura bitiruvchilari
• Bitiruvchilarni kutib olish — soat 10:00 dan
• Marosim boshlanishi — soat 11:00 da
11-avgust — kunduzgi va kechki ta’lim shaklini tamomlagan bitiruvchilar (ko‘k diplom sohiblari)
• Marosim boshlanishi — soat 10:00 da
12-avgust — sirtqi ta’lim shaklini tamomlagan bitiruvchilar
Sirtqi ta’lim bitiruvchilari guruhlarga bo‘linadi. Har bir bitiruvchining qaysi vaqtda kelishi lozimligi ko‘rsatilgan ro‘yxat tez orada e’lon qilinadi.
Har uch kuni bitiruvchilar uchun konsert dasturi tashkil etiladi va mashhur san’atkorlar ishtirok etadi.
Izoh: Bitiruvchilardan marosimga kechikmasdan kelishlari hamda joylar cheklanganligi sababli har bir oiladan bir nafar mehmon ishtirok etishi so‘raladi.
Manzil: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, A blok foyesi.