AXBOROT XATI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-son “O‘zbekiston – 2030 strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, mamlakatning innovatsion va barqaror rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash hamda muhandislik, raqamli texnologiyalar, gumanitar fanlar, ta’lim va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda zamonaviy ilmiy yondashuvlarni rivojlantirish maqsadida “Ilm-fan, raqamli transformatsiya va intellektual taraqqiyot integratsiyasi” mavzusida 2026-yil 2-aprel kuni Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Magistratura bo‘limi tomonidan magistrlarning I respublika ilmiy forumi o‘tkaziladi.
Mazkur forum muhandislik va raqamli texnologiyalar, iqtisodiyot, moliya va biznesni boshqarish, dizayn, tilshunoslik, shuningdek, inklyuziv ta’lim, pedagogika va psixologiya, sohalarida ilmiy-amaliy tadqiqotlar natijalarini muhokama qilishga bag‘ishlanadi.
Ilmiy forumda professor-o‘qituvchilar, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, tadqiqotchilar, magistrlar, talabalar va soha mutaxassislari ishtirok etishlari mumkin.
O‘tkazish shakli: Gibrid (online va offline)
ILMIY FORUMNING ASOSIY YO‘NALISHLARI
1-yo‘nalish. Muhandislik tafakkuri va ilg‘or raqamli texnologiyalar: yuqori texnologik platformalar va ilmiy izlanishlar.
2-yo‘nalish. Iqtisodiyot, moliya va biznes boshqaruvida strategik innovatsiyalar va analitik tadqiqotlar.
3-yo‘nalish. Inklyuziv ta’lim, pedagogika va psixologiyada ilg‘or metodologiyalar va ilmiy konsepsiyalar.
4-yo‘nalish. Dizayn va tilshunoslikda madaniyatlararo muloqot, kreativ industriyalar va ilmiy izlanishlar.
RO‘YXATDAN O‘TISH VA ILMIY FORUM MATERIALLARINI TAQDIM ETISH
Ilmiy-forumda ishtirok etish uchun ro’yxatdan o‘tish hamda ilmiy materiallarni yuborish https://t.me/kiutmagistrconference bot orqali amalga oshiriladi. Forumni tashkil etish va materiallar toʻplamini nashrga tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlarga har bir material uchun 100 000 (yuz ming so‘m) to‘lov olinadi. Ishtirokchilar to‘lov uchun summani yuqoridagi bot orqali ushbu hisob raqamga yuboradilar (plastik karta: 9860 1701 0333 3721 Sanjar Xakimov nomida).
Ilmiy forumning har bir materiali uchun DOI raqami olinadi. Ilmiy forum materiallari chop etiladi va forumda ishtirok etgan mualliflarga elektron (pdf) shaklda taqdim etiladi.
Forumda ishtirok etish uchun tezis va maqolalar 2026-yilning 25-martiga qadar qabul qilinadi.
Eslatma: Material ilmiy forumning qaysi yo‘nalishiga mo‘ljallangani aniq ko‘rsatilishi lozim. Belgilangan talablarga javob bermaydigan, ilmiy-amaliy tavsiyalarga ega bo‘lmagan hamda belgilangan muddatdan kech topshirilgan ishlar ilmiy forum materiallari to‘plamiga kiritilmaydi va muallifga qaytarilmaydi. Matnda keltirilgan misollar, ko‘chirmalar va ma’lumotlarning aniqligi uchun to‘liq javobgarlik muallif zimmasiga yuklanadi.
Ilmiy forum yakunida forumning eng yaxshi maqolasi, yosh olimlarning eng yaxshi maqolasi hamda professor-oʻqituvchi va talaba hamkorligida yozilgan eng yaxshi forumning maqolasi nominatsiyalarida eng yaxshi deb topilgan ishlar tashkiliy qoʻmitaning tavsiyasiga koʻra Toshkent Kimyo xalqaro universiteti ilmiy jurnallaridan birida chop etilishi koʻzda tutilgan.
ILMIY FORUMGA TAQDIM ETILADIGAN MATERIALLARNI RASMIYLASHTIRILISH TALABLARI
1. Ilmiy forum materiallari o‘zbek, rus va ingliz (zarur hollarda ta’lim olayotgan tilda) tillarida qabul qilinadi. Ilmiy forum materiallari (tezis 3-5 betgacha, maqola 15 betgacha) hajmi elektron variantda https://t.me/kiutmagistrconference_bot orqali docx yoki .rtf fayl ko’rinishida taqdim etiladi.
2. Ilmiy forum materiallari Microsoft Word dasturi matn redaktorida, 14 o‘lchamli Times New Roman shriftida, 1,5 intervalda, yuqori va pastdan 2,0 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm qoldirilgan holda rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak.
3. Mavzu (bosh harflar bilan, ajratilgan holda, bir interval pastdan mualliflar F.I.Sh., lavozimi, keyin tashkilot nomi, telefon raqami va elektron pochta manzillari koʻrsatiladi.
4. Mavzudan keyin annotatsiyasi, kalit soʻzlari uch tilda (oʻzbek, rus, ingliz, zarurat bo‘lganda boshqa ta’lim tili) va mazmuni toʻliq yoziladi.
5. Ilmiy materialning shakllantirilishida quyidagi jihatlarga e’tibor qaratiladi: mavzuning dolzarbligi, adabiyotlar sharhi, ilmiy tahlil va munozara, yechimlar va kutilayotgan samaraning mavjudligi. Material oxirida alohida ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyatga molik taklif va tavsiya berilishi shart.
6. Taqdim etilgan material qabul qilinib, taqrizga yuboriladi. Tahrir hay’ati tomonidan rad etilgan taqdirda to‘lov belgilangan tartibda muallifga qaytariladi.
TASHKILIY QO‘MITA MANZILI
Toshkent shahar, Shota Rustavelli ko‘chasi, 156-uy, C bino, 1-qavat, 106-xona, Magistratura bo‘limi.
Murojaat uchun aloqa telefon raqami: (+998 78 129 40 40 (137), +99890 110 18 10), s.khakimov@kiut.uz
Namuna:
SOLIQ MUNOSABATLARINING IJTIMOIY-IQTISODIY AHAMIYATI
Ahmedov Botir Raximovich
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali dotsenti, PhD
Ahmedov.1988@mail.ru, tel.+99890 123 45 67
Annotatsiya (30-40 ta so‘z)...
Kalit soʻzlar: (5-7 ta so‘z)...
Аннотация:
Ключевые слова:
Abstract...
Keywords:
Matn matn matn
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
- Vahobov A., Joʻrayev A. Soliqlar va soliqqa tortish. Darslik. — T.: Iqtisod-moliya, 2009. — 352-b.