None

“Aql bir yurtda tugʻilib, ming yurtda sayr qiladi” — Sharq donishmandlaridan


Bugungi tez oʻzgarayotgan zamonda taʼlim ham global tus olmoqda. Toshkent Kimyo xalqaro universiteti ana shunday zamon talablari asosida, xalqaro taʼlim maydonida faol ishtirok etib kelmoqda. Kuni kecha, Irlandiyaning nufuzli University College Dublin dan uch nafar professor — Carmac Show, Lennon Onoraigh va Carmac Machionnlaoich universitetimizda mehmon boʻlishdi.
Ular muhandislik va iqtisodiyot yoʻnalishlari boʻyicha ochiq maʼruzalar oʻtkazib, talabalarimiz bilan oʻz tajriba va bilimlarini boʻlishishdi.
Mazkur tashrif nafaqat dars shaklida, balki fikr almashish, dunyoqarashni kengaytirish, xorijiy amaliyotni oʻz koʻzi bilan koʻrish, savol-javoblar orqali oʻrganish imkonini berdi. Shunday darslar yoshlarimizga mustahkam nazariy bilimdan tashqari, amaliy jihatdan tayyorlanish, xorijiy olimlar bilan yuzma-yuz muloqot qilish kabi beqiyos imkoniyatlar yaratadi.
Zamonaviy, ochiq qarashli, tanqidiy fikrlay oladigan avlodni tarbiyalashda xorijiy mutaxassislar bilan olib boriladigan darslar ayni muddao. Bu esa nafaqat kasbiy tayyorgarlik, balki madaniyatlararo muloqot, jamoaviy ishlash va innovatsion qarorlar qabul qilish qobiliyatini ham shakllantiradi.