Agar siz boshqalardan iste’dodingiz va mehnatingiz bilan ajralib tursangiz — ishsiz qolmaysiz
Agar siz boshqalardan iste’dodingiz va mehnatingiz bilan ajralib tursangiz — ishsiz qolmaysiz
Toshkent Kimyo xalqaro universitetida aynan shunday yoshlar yetishib chiqmoqda. Bu yerda talabalar nafaqat bilim oladi, balki o‘z iste’dodini real loyihalar orqali namoyon qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
“KIUT Job Fair – 2026” doirasida ham bu an’ana davom etdi — tadbirda nafaqat kompaniyalar, balki talabalarning ishlari ham namoyish etildi. Xususan, Fashion design yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Sadinova Marjona Timuravna o‘z kolleksiyasi bilan ishtirok etib, katta qiziqish uyg‘otdi.
4 yil davomida davlat granti asosida tahsil olayotgan Marjona — o‘z ustida ishlash va iste’dodni to‘g‘ri yo‘naltirish natijasida bugun sahnaga chiqayotgan yosh dizaynerlardan biridir. Uning ishlari allaqachon xalqaro darajaga chiqish sari yo‘l olgan.
Universitetning Italiyaning Pescara Design University bilan hamkorligi esa talabalarga yanada keng imkoniyatlar yaratadi — xalqaro tajriba, yangi bilim va global sahnaga chiqish imkonini beradi.
Agar siz ham o‘z iste’dodingizni namoyon qilib, kelajagingizni mustahkam qurmoqchi bo‘lsangiz — Kimyo International University in Tashkent sizni kutadi.
Online qabul: admission.kiut.uz