5 noyabr kuni Toshkent Kimyo xalqaro universitetida san’at, falsafa va ta’lim g‘oyalarini birlashtirgan muhim madaniy uchrashuv bo‘lib o‘tdi
5 noyabr kuni Toshkent Kimyo xalqaro universitetida san’at, falsafa va ta’lim g‘oyalarini birlashtirgan muhim madaniy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv doirasida rassom Azamat Kamolovich Xatamovning yangi asarlari namoyish etildi hamda yozuvchi Normurod Negmatovning “Azamat & azamatlar” kitobi ilk bor ommaviy taqdim etildi. Universitetimiz uchun bu kabi tadbirlar juda muhim. Asosiy maqsad — yoshlarni san’atga yaqinlashtirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish va fikrlash madaniyatini boyitishdir. Shu sababli universitetida san’at haftaligiga doir ko‘rgazmalar muntazam ravishda tashkil etib boriladi